Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyati baholanadi

21:16 24 Iyul 2021 Hujjatlar
1485 0

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining va qoʻshma qarori qabul qilindi.

Qoʻshma qaror bilan Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har oʻquv yil yakuni boʻyicha oliy taʼlim muassasa (filial)larining ilmiy va innovatsion faoliyati xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilingan holda baholanadi.

Nizomga koʻra, har oʻquv yili yakuni boʻyicha taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini tahlil qilish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

– ilmiy ishlar va innovatsiyalarni boshqarish qobiliyati, bilim va koʻnikmalarini baholashga qaratilgan test tizimi;

– taʼlim muassasalarining rahbar oʻrinbosarlari faoliyatini suhbat asosida baholash;

– Taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyatini baholash va hisoblash metodikasi.

Baholashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish quyidagi tartib asosida amalga oshirilida:

- maʼlumotlar bazasini shakllantirish har oʻquv yilining avgust-oktyabr oylarida amalga oshiriladi;

- taʼlim muassasalari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yaratilgan maxsus (onlayn) platformaga maʼlumot kiritadilar.

-taʼlim muassasalari rahbarlari tomonidan maʼlumotlar asoslovchi hujjatlarini ilova qilgan holda har yili 30-avgustga qadar maxsus platformaga joylashtiriladi.

Baholashga oid maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun taʼlim muassasalarining birinchi rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.

Baholash natijalari umumiy ball yigʻindisining oʻrtacha ballini hisoblash asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tahlil qilinadi va reytingi chiqariladi.

Baholash natijalariga koʻra, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralarga kiritiladigan taqdimnoma asosida:

- birinchi 10 talikka kirgan taʼlim muassasasi rahbari va uning ilmiy ishlar va innovatsiyalarga masʼul oʻrinbosari 10 foiz miqdorida bir martalik ragʻbatlantiriladi;

- soʻnggi 10 ta oʻrindan birini egallagan taʼlim muassasasi rahbari va masʼul oʻrinbosarga nisbatan intizomiy chora koʻrish masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?