Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi

22:11 24 Sentyabr 2025 Jamiyat
211 0

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov ochib, taʼlim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan barcha ustoz va murabbiylarni samimiy tabrikladi. U pedagoglik kasbining yuksak masʼuliyat va katta sharaf ekanini taʼkidlab, taʼlim hamda ilm-fan rivojiga hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilar va olimlarga minnatdorlik bildirdi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Marosimda oʻz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan professor-oʻqituvchilar, tajribali pedagoglar, ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan olimlar hamda tizimda fidokorona faoliyat yuritayotgan vazirlik xodimlari taqdirlandi. Ularga “Oliy taʼlim aʼlochisi” va “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari topshirildi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Mukofot sohiblari hozirda pedagoglarga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va eʼtirofni xalqimizning ustoz va murabbiylarga boʻlgan hurmatining yorqin ifodasi sifatida baholab, ushbu qadriyatni amalda his etayotganlaridan minnatdorlik izhor etdilar.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

Tadbirning badiiy qismi koʻtarinki ruhda oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, el suygan sanʼatkor Jenisbek Piyazov kuy-qoʻshiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер