Oliy Majlis Senati Raisi boshchiligidagi parlament delegatsiyasi MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yetib bordi.
Delegatsiyalar rahbarlari 13-14-noyabr kunlari oʻtkaziladigan MDH Parlamentlararo Assambleyasining 59-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etadi.
Mazkur majlislarda MDH doirasidagi parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish, qonunchilik sohasidagi tajriba almashinuvi, mintaqaviy barqarorlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Tojikistonning mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlari hamda tarixiy qadamjolariga ham tashrif buyuriladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring