Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2023-yil 4 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Qonunchilik palatasi faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar koʻrib chiqildi.
Dastlab Qonunchilik palatasining joriy yil 5-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan majlisi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar koʻrib chiqilib, majlisning kun tartibi loyihasi tasdiqlandi.
Kengash yigʻilishida “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ham muhokama markazida boʻldi.
Qonun loyihasi bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni inson omili aralashuvisiz avtomatik ravishda elektron tanlash hamda jinoyat, fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha davlat hisobidan malakali yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Kun tartibidan oʻrin olgan — Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasining 2023-yilning sakkiz oyi davomidagi faoliyati toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring