Oxirgi toʻrt yilda paxta terimiga toʻlov qancha qimmatlashdi? XMT munosabati

17:15 06 Aprel 2019 Iqtisodiyot
1275 0

Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston hukumati 2018 yilda tizimli bolalar va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymagan.

Mamlakat hukumati tomonidan eʼlon qilingan islohotlar oʻz natijalarini beryapti, biroq mahalliy darajada ularni amalga oshirish yoʻlida muammolar uchrab turibdi. Umuman olganda, XMT Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishdagi oʻsishini tarixiy deya eʼtirof etgan.

2018 yilda paxta yigʻim-terimida ishtirok etganlarning 93 foizi buni majburan qilmagan, talabalar, oʻqituvchilar, shifokorlar va hamshiralarni yigʻish toʻxtatilgan.

Hosilni yigʻish paytida bolalar mehnati ilgari jiddiy muammoga aylangan boʻlsa, hozir ushbu jiddiy kamchilik bartaraf etilgan.

Shunga qaramay, kuzatuvchilarning soʻzlariga koʻra, mahalliy miqyosda davlat muassasalari va korxonalardan ishchi-xodimlar yigʻish holatlari uchragan.

Paxta teruvchilarning ish haqlari XMT va Jahon banki tavsiyalariga muvofiq oshirilgan. XMT hukumat ushbu ish haqi miqdorini oshirishni, shuningdek, kelgusida koʻngilli teruvchilarni jalb etishda mehnat sharoitiga diqqat bilan eʼtibor berishni tavsiya qilgan.

XMTning maʼlum qilishicha, umuman olganda, 1 kilogramm paxta terganlik uchun toʻlov miqdori 2015 yildagi 200 soʻmdan 2018 yilda 700-1300 soʻmgacha koʻtarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер