Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
Kecha, 18-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Turkiston” bank xizmatlari markaziga nomaʼlum shaxs soxta qurol bilan hujum uyushtirgani haqidagi xabarlar keng tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 18-aprel kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasiga Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markazidan tashvish xabari kelib tushgan.
Ushbu murojaat asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borishganda nomaʼlum fuqaro koʻrinishidan toʻpponchaga oʻxshagan buyum bilan markaz ishchisidan pul talab qilayotganini guvohi boʻlishgan.
Huquqbuzar xodimlarni koʻrib markaz oynasini sindirib qochib ketayotgan vaqtda koʻrilgan tezkor choralar natijasida qoʻlga olingan. Dastlabki oʻrganishlar jarayonida ushbu fuqaro Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.M. ekanligi, uning qoʻlidagi oʻyinchoq toʻpponchaligi aniqlangan.
“Holat boʻyicha voqea joyiga IIO xodimlari chaqirtirilib, fuqaro oʻrnatilgan tartibda Yunusobod tumani IIO FMB ga topshirilgan. Hozirda IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda” — deyiladi Qoʻriqlash boshqarmasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring