Oilalarga subsidiya asosida kurka tarqatildi

13:57 26 Fevral 2026 Jamiyat
194 0

Denov tumanidagi Bogʻi eram mahallasida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda. Mahalladagi yordamga muhtoj 37 ta oilaga davlat subsidiyasi asosida oʻn donadan kurka tarqatildi.

Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Jasur Turdiyevning taʼkidlashicha, ushbu tashabbus “Yangi Oʻzbekiston mahallasi” tamoyili asosida hududni kambagʻallikdan holi maskanga aylantirishga xizmat qiladi. Kurkalar oilalar uchun qoʻshimcha daromad manbai boʻlib, ularning farovonligini oshirishga zamin yaratadi.

— Menga ham subsidiya asosida oʻn dona kurka berishdi, — deydi mahalla faollaridan biri Aziza Robiyeva. — Ularni qanday boqish, qay tartibda parvarishlash boʻyicha tushuntirishlar berildi. Bu orqali oilamizga qoʻshimcha daromad kiritish imkoniyati paydo boʻldi. Bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun, avvalo, Prezidentimizga minnatdorchilik bildiramiz.

Bogʻi eram mahallasida amalga oshirilayotgan bu kabi saʼy-harakatlar “mahalla — islohotlar markazida” tamoyilining hayotiy tasdigʻidir. Eng muhimi, aholi bandligi taʼminlanib, odamlar oʻz mehnati orqali daromad topishga ragʻbatlantirilmoqda.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер