Oiladagi qiyinchiliklar sabab uyidan qochib ketgan 12 yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi
Istanbul shahrida oʻzbekistonlik 12 yoshli fuqaro A.A. onasi va oʻgay otasi bilan munosabatdagi qiyinchiliklar sabab uyidan qochib, mahalliy politsiyaga murojaat qilgan. Bu haqida Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, 12 yoshli bolaning onasi Oʻzbekistondagi turmush oʻrtogʻidan ajrashib, Istanbulga kelgach, imom nikoh asosida turk fuqarosiga turmushga chiqqan. Avvaliga farzandini buvisiga vasiylikka qoldirgan. Keyinchalik, 2024-yil iyun oyida uni Turkiyaga olib borgan. Biroq qonuniy hujjatlari boʻlmagani sababli farzandini maktabga joylashtira olmagan. Shu sababli fuqaro A.A. bir yildan ortiq vaqt davomida maktabga bormagan.
Oiladagi qiyinchiliklar sabab uyidan qochib, politsiyaga murojaat qilgan Oʻzbekiston fuqarosi Bosh konsulxonaga olib kelingan. Tekshiruv davomida uning koʻrish qobiliyati yomonlashgani va tibbiy koʻrikdan oʻtmagani maʼlum boʻlgan. “Oʻzbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” jamiyati hamda mahalliy diaspora yordami bilan fuqaro A.A. tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, muolajalar olgan.
“Ayni vaqtda ushbu fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilib, tegishli mutasaddi tashkilotlar yordami bilan oʻqishini davom ettirmoqda”, — deyiladi konsulxona xabarida.
Bosh konsulxona mazkur ishda moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatgan “Oʻzbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik” jamiyati, “Uzbekistan Airways” Turkiya vakillari, Oʻzbekistondagi voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi idoralar hamda faol diaspora vakillariga minnatdorlik bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring