Oila qulupnaydan 200 million soʻm daromad oladi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Ishning koʻzini bilgan kishi uyida turib ham daromad topa oladi. Vobkent tumani “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Muxtor Shodiyevning bunga ishonchi komil.
— Tuman hokimligi, mahallamiz masʼullari qoʻllab-quvvatlashi ortidan tomorqada gidroponika usulida qulupnay yetishtirishni yoʻlga qoʻydik, — deydi u. — Shu usulda ekinni parvarishlash uchun 200 million soʻm mablagʻ sarflab maxsus issiqxona barpo etdik. Bu sarf-xarajatimiz bir, nari borsa bir yarim yilda oʻzini oqlaydi.
Ushbu oilaning Janubiy Koreya texnologiyasi asosida barpo etilgan issiqxonasi 5 sotixdan iborat. 10 ming tup qulupnay parvarish qilinyapti. Uning salmoqli qismi koʻchat sifatida sotiladi. Qolgani esa risoladagidek parvarishdan soʻng ertangi hosil beradi. Tadbirkor shu yoʻsinda ishlab 200 million soʻm atrofida daromad olishni chamalab turibdi. Ixcham issiqxona toʻrt-besh kishining bandligini ham taʼminlagan.
Tomorqadan oqilona foydalanish borasidagi bu tajriba Muxtor Shodiyevning mahalladoshlarini ham qiziqtirib qoʻydi. Shu yilning oʻtgan davrida 12 nafar fuqaro hokim yordamchisi tavsiyasi asosida bankdan imtiyozli kredit olib, hovlisida ixcham issiqxonalar barpo etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring