Ohangaronda 8,7 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi fosh etildi

Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Toshkent viloyatida joylashgan ishlab chiqarish sexi 8,7 milliard soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ohangaron tumanida joylashgan “N.” MChJga qarashli mineral oʻgʻit ishlab chiqarish sexida gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bugʻ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgan.
Aniqlanishicha, ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring