Ogʻir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qoʻllab-quvvatlash uchun jamoat fondi tashkil etildi
Illyustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasining Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etiladi.
Ushbu fondga Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi muassislik qiladi.
Quyidagilar Bolalar jamoat fondining eng muhim vazifalari etib belgilandi:
ogʻir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash va ularga manzilli ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatish tadbirlarini tashkil etish va moliyalashtirish;
bolalarning hayoti uchun xavf soluvchi ogʻir, surunkali hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va ularni respublikada yoki zarur hollarda xorijiy davlatlarda davolash uchun tibbiy, ijtimoiy va moliyaviy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish;
ehtiyojmand oilalarning farzandlari hamda imkoniyati cheklangan bolalarni bepul dori vositalari, tibbiy va protez-ortopedik buyumlar bilan taʼminlash;
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni taʼlim olishlarida koʻmaklashish, shu jumladan, maxsus oʻquv adabiyotlar va oʻquv qurollari bilan taʼminlash;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, ularga qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish va ularni uy sharoitida oʻzini oʻzi band qilishi uchun asbob-uskunalar bilan taʼminlash;
ogʻir tashxisli kasalliklari boʻlgan bolalarni parvarish qilayotgan kam taʼminlangan oilalarni homiylikka olish;
nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir, shu jumladan, ularga yuqori texnologik ixtisoslashgan reabilitatsion tadbirlarni tashkil etish va moliyalashtirish.
Bolalar jamoat fondining asosiy pul mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Davlat byudjeti hisobidan 2021-2022-yillarda mablagʻlarni amalda oʻzlashtirilishiga qarab 100 milliard soʻm miqdoridagi begʻaraz moliyaviy yordam;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari;
davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, chet davlatlar ajratadigan grantlar;
kraudfanding mexanizmlari orqali kelib tushgan mablagʻlar;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring