Ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha yangi tizim – “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilmoqda. Muloqotda kambagʻallikni qisqartirishning eng samarali yechimi taʼlim ekani taʼkidlandi.
Shuning uchun kam taʼminlangan oilada hech boʻlmaganda bitta farzand oliy maʼlumotli boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Endilikda kambagʻal oilaning farzandiga taʼlim krediti foizsiz beriladi, qoʻshimcha grant ajratiladi, kontrakt toʻlovining bir qismi qoplab beriladi.
Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha yangi tizim – “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi.
Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida oʻqitiladi.
Xorijda taʼlim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.
Har yili saralashdan oʻtgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, oʻqish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.
Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yoʻnalishlarida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi kvotalari koʻpaytiriladi.
Bundan tashqari, dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10-yil muddatga 800 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib va sovrindor boʻlganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi.
Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qoʻmondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million soʻmgacha grantlar ajratiladi.
Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun “Yashil tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” tashkil qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring