Ogʻir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi

“Ogʻir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-137-son, 20.03.20224 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2024-yildan har yili anʼanaviy tarzda quyidagilar oʻtkaziladi:
— ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;
— ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha “Uzbekistan Open” Oʻzbekiston ochiq chempionati;
— ogʻir atletika boʻyicha Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari boʻyicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;
— ogʻir atletika va parapauerlifting boʻyicha davlat sport-taʼlim muassasalari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati musobaqasi.
Sport vazirligi huzurida oʻz faoliyatini 2025/2026 oʻquv yilidan boshlovchi Ogʻir atletika markazi (Markaz) tashkil etiladi.
2024-yil 1-sentyabrgacha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi ogʻir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlab boriladi.
2024-yil 1-sentyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va oʻsmirlar sport maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda ogʻir atletika sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring