Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga shart-sharoitlar yaratish borasida hamma tuman va shaharlardagi ahvolni birdek qoniqarli deb boʻlmaydi — Shavkat Mirziyoyev

15:49 15 Aprel 2022 Siyosat
665 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda hozirgi murakkab vaziyatda biznes va tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrib chiqilmoqda.

“Ochiq aytish kerak, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga shart-sharoitlar yaratish borasida hamma tuman va shaharlardagi ahvolni birdek qoniqarli deb boʻlmaydi”, dedi Prezident.

Misol uchun, 2022-yil 1-chorakda ayrim hududlarda tadbirkorlik faolligi pasaygan. Respublika boʻyicha joriy yilda 5,5 mingta korxona oʻz faoliyatini tugatgan.

Bu koʻrsatkich Namangan, Samarqand va Qashqadaryo, Xorazm, Qoraqalpogʻiston va Toshkent viloyatida nisbatan yuqori.

Umuman, hududlarda oʻtkazilgan uchrashuvlarda tadbirkorlar tomonidan 1 mingdan ortiq muammo koʻtarilgan. Ularning asosiy qismi kredit olish, soliq maʼmurchiligi, yer ajratish, elektr, gaz va suvga ulanish bilan bogʻliq.

“Yagona darcha”ga oʻtgan yili elektr, gaz va suv hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha tadbirkorlarning 70 mingdan ortiq, 2022-yil 1-chorakda esa 10 mingga yaqin murojaatlari oʻz vaqtida hal etilmagani tanqid qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?