Obyektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin boʻladi

15:34 23 Yanvar 2025 Siyosat
105 0

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, developerlar tomonidan obyektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olishi mumkin boʻladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.

Quruvchi tashkilotlar qurilishni boshlaganidan yakunlagunicha, lekin koʻpi bilan 12 oy davomida yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi. Obyekt muddatida topshirilmasa, developer yer soligʻini 2 karra miqdorda toʻlaydi.

“Yangi Oʻzbekiston” massivi uchun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurishi uchun yagona lot sifatida savdoga chiqariladi.

Bu uylarni pastki qavatida xususiy bogʻcha tashkil qilishga ruxsat berilishi, ular mulk soligʻidan ham ozod qilinishi taʼkidlandi.

Hokimlarga bu massivlarga koʻchib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda bogʻcha tashkil qilishni boshlash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер