OAVda reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda
Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda dastlab «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Partiyaning saylovoldi dasturida sherikchilikka asoslangan kreditlash mexanizmini joriy etishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Lekin allaqachon joriy etilishi kerak boʻlgan bu tizimni amaliyotga tatbiq etish afsuski, qiyin boʻlyapti.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasini ishlab chiqish va unda nobank kredit tashkilotlari tomonidan islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish boʻyicha huquqiy bazani yaratish koʻrsatib oʻtilgan boʻlsada, lekin loyihada mazkur soha toʻliq qamrab olinmaganiga eʼtibor qaratdi.
Jumladan, islom tamoyillari asosida moliyaviy xizmatlar koʻrsatish tushunchasi mavjud emas. Mikromoliyalash faoliyati doirasiga jismoniy shaxslarni mikroqarz summasidan oshmagan miqdorda yoki yuridik shaxslarni mikrokredit summasidan oshmagan miqdorda islom tamoyillari asosida moliyalashtirish belgilangan. Bu jismoniy shaxslarni mikrokredit summasidan oshgan miqdorda islom tamoyillari asosida moliyaviy xizmatdan foydalanish imkoniyatini cheklaydi. Loyihada islom moliyalashtirishning asosiy tamoyillaridan biri, yaʼni sheriklikka pul jalb qilish man qilingan. Bu esa nobank kredit tashkilotlarini moliyalash manbasidan mahrum qiladi.
– Yuqoridagi kamchiliklardan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasini ortga qaytarmoqchi edik. Lekin mutaxassislarning tushuntirishlaridan angladikki, qonun loyihasi Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etishga huquqiy asos boʻladi, – dedi fraksiya aʼzosi Nodir Tilavoldiyev. – Shu bois, qonun loyihasini maʼqulladik.
Yigʻilishda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining muhokamasi ham qizgʻin kechdi.
Taʼkidlanganidek, amaldagi qonun 1998-yilda qabul qilingan boʻlib, hozirgi kunga qadar unga 15 marotaba oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan. Shunday boʻlsada, unda umumiy tusga ega boʻlgan va ishlamaydigan normalar hamon koʻp. Reklama bilan bogʻliq munosabatlar toʻliq qamrab olinmagan. Vakolatlar aniq belgilanmagani esa koʻplab huquqbuzarliklarga sabab boʻlmoqda.
Xususan, joriy yilda 3 900 dan ortiq nomuvofiq reklamalar aniqlangan. Dori vositalari, bolalar oziq-ovqatlari, alkogolli va energetik ichimliklar reklamasiga nisbatan cheklovlar nazarda tutilmagani bois, energetik ichimliklar boʻyicha – 13 ta, alkogolli ichimliklar boʻyicha – 98 ta, tamaki va kalyan boʻyicha – 67 ta reklama talablari buzilgan.
Yangi qonun loyihasida yuqoridagi kamchiliklar tuzatilib, bugungi kun talab va takliflaridan kelib chiqqan holda, OAV, mobil aloqa tarmoqlarida reklama joylashtirish tartibi takomillashtirilmoqda. Elektron tijoratda tashqi va ichki reklamalar berish tartibga solinmoqda.
Yigʻilishda qonun loyihasi yuzasidan berilgan takliflar inobatga olinib, mazkur hujjat deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring