OAV Isroil Eronga hujum qilgani haqida xabarlar tarqatdi. Eron buni rad etmoqda

Arxiv surat
Shu yilning 19-aprelga oʻtar kechasi Isroil armiyasi Eronga uchuvchisiz uchish apparatlari bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda CNN AQSHdagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Isfahon shahri yaqinidagi yirik harbiy havo bazasi yaqinida uchta portlash ovozi eshitilgach, Eronning havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan. Eronning FARS agentligiga koʻra, u yerda qiruvchi samolyotlar bor. Tabriz osmonida ham portlashlar sodir boʻldi.
Eron Milliy kiberkoinot markazi vakilining aytishicha, havo hujumidan mudofaa vositalari uchta uchuvchisiz samolyotni tutib olgan va raketa hujumi haqida hech qanday xabar yoʻq. Biroq Eron zarba manbasini maʼlum qilmagan.
Eron davlat matbuoti mamlakatning yadroviy infratuzilmasi zarar koʻrmagani va hujum koʻlami ahamiyatsiz ekanini daʼvo qilmoqda. Oʻz navbatida, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (AEXA) ham yadroviy inshootlarga hech qanday zarar yetkazilmagani haqida xabar berdi.
Eronning yuqori martabali rasmiysi «Reuter» agentligiga bergan intervyusida Isroil hujumini rad etdi.
«Hodisaning xorijdagi manbasi tasdiqlanmadi. Hech qanday tashqi hujum boʻlmagan va suhbat hujumdan koʻra koʻproq infiltratsiya haqida ketmoqda», — dedi u.
FlightRadar24 maʼlumotlariga koʻra, gumon qilingan hujumdan soʻng Eron Tehron, Sheroz va Isfahondagi aeroportlarini bir necha soatga yopdi va havo hududining gʻarbiy qismidan parvozlarni taqiqladi.
14-aprelga oʻtar kechasi Eron Isroilga hujum qildi. Bu 1-aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligiga qarashli binoga raketa hujumiga javob tariqasida amalga oshirildi. Isroil tomon 170 ga yaqin dron va 150 qanotli va ballistik raketalar uchirildi. Ularning deyarli barchasi Isroil, AQSH va Iordaniya harbiylari tomonidan ushlangan. Isroil rasmiy maʼlumotlariga koʻra, hujum mamlakat janubidagi Nevatim harbiy bazasiga ozgina zarar yetkazgan. Isroil armiyasining taʼkidlashicha, bu eronliklarning asosiy maqsadi edi.
16-aprel kuni Isroilning javob hujumi kutilayotgani haqida xabarlar paydo boʻldi.
«The Washington Post» gazetasining yozishicha, Isroil Eronga faqat «signal berish» niyatida, ommaviy zarba bermoqchi emas.
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyning aytishicha, Isroilning javob zarbasi mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
«Agar Isroil rejimi yana tajovuzkorlik koʻrsatib, Eron manfaatlariga qarshi chora koʻrsa, bizning tarafimizdan keyingi javob darhol va maksimal darajada boʻladi», — deydi u.
CNN maʼlumotlariga koʻra, Isroil rejalashtirilgan zarba haqida AQSH rasmiylarini xabardor qilgan, biroq ular buni qoʻllab-quvvatlamagan. Aytilishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden Isroilni vazminlikka chaqirgan va AQSH Eronga qarshi hech qanday hujumkor amaliyotlar oʻtkazmasligini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring