O, sening yoshliging menda boʻlsaydi!..
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tashabbusi bilan eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz oldidan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy – maʼrifiy tadbiri boʻlib oʻtdi.
Viloyatning tabiati soʻlim maskanida joylashgan “Xonobod” sanatoriysida samimiy suhbat tarzida tashkil etilgan muloqotda Fargʻona davlat universiteti professorlari Sultonali Mannopov, Hoshimjon Haydarov, Gʻulomjon Yoʻldoshevlar ishtirok etdi. Uchrashuvda ustozlar yangi avlod vakillariga hayot yoʻllari, mehnat faoliyati, bu boradagi quvonch va tashvishlar xususida soʻzlab berishdi.

— Bugungi yoshlarga chin maʼnoda havas qilsa arziydi, — deydi mehnat faxriysi Sultonali Mannopov. — Shu maʼnoda, ardoqli shoirimizning “O, sening yoshliging menda boʻlsaydi” degan sheʼriy satrlari orqali yangi avlodning orzu–maqsadlariga havas va xayrixohlikni his etish mumkin. Yigit – qizlar bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, doimo bilimi, dunyoqarashini yuksaltirishga astoydil harakat qilishi zarur.
Yuzma-yuz muloqotda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Katta hayotiy tajribaga ega ustozlarning purmaʼno oʻgitlari davra qatnashchilariga ezgu maqsad yoʻlidagi intilishlari uchun yanada gʻayrat-shijoat baxsh etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring