Nyu-York shahriga musulmon-demokrat Zohran Mamdani mer boʻldi. U haqda nimalar maʼlum?
Foto: AP
Oʻttiz toʻrt yoshli musulmon-demokrat Zohran Mamdani AQSHning eng yirik shaharlaridan biri — Nyu-York meri etib saylandi. Shu tariqa u 100-yildan ortiq vaqt ichida shaharning eng yosh meri, shuningdek, bu lavozimni egallagan birinchi musulmon boʻldi. Zohran Mamdani 1991-yilning 31-oktyabr kuni Ugandaning Kampala shahrida tugʻilgan.
Oʻzini sotsialist deb eʼlon qilgan Mamdani sobiq gubernator Endryu Kuomo va respublikachi Kertis Slivani magʻlub etdi. Ayrimlarning fikricha, Mamdani real boʻlmagan ulkan saylovoldi vaʼdalarining bajarishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Mamdani gulduros qarsaklar ostida gapirar ekan va gʻalabasini nishonlar ekan, Nyu-York shahridagi shod olomon oldida shunday dedi: “Doʻstlar, biz siyosiy sulolani agʻdarib tashladik!”.
“Esimizda qolgan vaqtdan beri boy va qudratli odamlar ishlaydigan Nyu-Yorkliklarga hokimiyat ularga tegishli emasligini aytishgan, ammo soʻnggi 12 oy ichida siz koʻproq narsaga intilishga jurʼat etdingiz. Bugun, barcha qiyinchiliklarga qaramay, biz bunga erishdik”, — dedi Mamdani.
Gubernator Keti Xochul Mamdanini gʻalaba tabriklab, u bilan “shaharni yanada arzonroq va yashashga yaroqli qilish” uchun ishlashni intiqlik bilan kutishini bildirdi.
Shahar saylov kengashining maʼlumotlariga koʻra, saylovda 2 milliondan ortiq Nyu-Yorklik ovoz bergan va bu 50-yildan ortiq vaqt ichida mer saylovlarida eng yuqori ishtirokni koʻrsatdi.
Mamdani Nyu-York shahri meri sifatida korrupsiyaga chek qoʻyishini va AQSH prezidenti Donald Tramp va uning izdoshlariga qarshi turishini vaʼda qildi.
“Nyu-York muhojirlar tomonidan qurilgan, muhojirlar tomonidan boshqariladigan va endi muhojir boshqaradigan muhojirlar shahri boʻlib qoladi”, — dedi u.
Shu oʻrinda Mamdani AQSH prezidentiga ham murojaat qilib shunday dedi: “Menga quloq soling, Prezident Tramp, agar siz bizlardan birimizga yetib bormoqchi boʻlsangiz, barchamizdan oʻtishingiz kerak boʻladi”.
Mamdani boylarga soliqlarni oshirish va minimal ish haqini soatiga 16,50 dollardan soatiga 30 dollargacha oshirish tarafdori. Uning aytishicha, u Nyu-York shahrida bepul maktabgacha taʼlim muassasalariga universal kirishni taʼminlashni va asta-sekin bepul avtobus transportini joriy etishni istaydi.
Shu yilning 8-iyul kuni Tramp Mamdaniga agar u Nyu-York shahri meri boʻlsa, “oʻzini yaxshi tutishi” kerak boʻlishi yoki “katta muammoga” duch kelishi bilan tahdid qilgandi. Prezidentning soʻzlariga koʻra, AQSH “Mamdanining falsafasiga tayyor emas va hech qachon tayyor boʻlmaydi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring