Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyev 16-avgust kuni AQSHning Chikago shahrida boʻlib oʻtadigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga koʻtariladi. Bu haqda sportchining oʻzi Instagram sahifasida maʼlum qildi.
Oʻsha kuni Roʻziboyevga amerikalik Brayan Battle raqiblik qiladi. 30 yoshli Battle hozirgacha UFCʼda 8 ta jang oʻtkazgan boʻlib ularning 7 tasida gʻalaba qayd etgan, 1 ta jangda esa magʻlubiyatga uchragan. Shuningdek uning hisobida 1 ta NC (jang oʻtkazilmagan) natija ham bor.
U soʻnggi jangini 2024-yil 7-dekabrda Rendi Braunga qarshi oʻtkazgan va hakamlar qaroriga koʻra gʻalabaga erishgan.
31 yoshli hamyurtimiz esa soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan “UFC Fight Night” turnirida ishtirok etgan. Ushbu jangda u germaniyalik Dastin Stolsfusni ochkolar hisobiga koʻra magʻlubiyatga uchratib, ushbu tashkilotdagi 4-gʻalabasini tantana qilgan edi.
Taʼkidlash joiz, UFC 319 turnirining markaziy jangi oʻrta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Xamzat Chimayev oʻrtasida kechadi. Bu bellashuv ham juda katta qiziqish uygʻotgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring