Nurotaning Mushkan qishlogʻiga suv keldi
Nurota tumanining Mushkan qishlogʻi Oqtogʻning shundoq etagida joylashgan. Qishloq ahli yaqin-yaqinlargacha ichimlik va ekin suvini buloq hamda eshigi oldidagi quduqlardan olib, biror-bir qiyinchilikni his etishmasdi.
— Soʻnggi yillardagi surunkali qurgʻoqchilik va iqlim oʻzgarishlari tufayli buloqlar qurib, quduqlar suvi tortilib ketdi, — deydi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Isomiddin Oʻtashev. — Natijada odamlarimiz suvni olisdan tashib keltirar yoki hovuzlarga zaxira qilib olishga majbur boʻlardi.

Taʼkidlash joiz, Mushkan qishlogʻining togʻoldi hududida joylashgani tik quduq qazishda muayyan murakkablik tugʻdirib, mahalliy quduq qazuvchilarning bir necha urinishlari besamar ketgan edi. Shu sabab xitoylik investor jalb etilib, zamonaviy burgʻulash texnologiyalari yordamida ikkita quduq qisqa muddatda qazilib, toza ichimlik suvi chiqarildi. Yangi quduqlar Mushkanning infratuzilmasini takomillashtirishda muhim qadam boʻlib, kelgusida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi shubhasiz.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring