Nurotada “yashil” elektr stansiyasi qurilmoqda
Nurota tumanida energiya sohasida muhim ahamiyatga ega yirik loyiha — quvvati 300 megavatt (MVt) boʻlgan quyosh elektr stansiyasi va 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi. Loyiha Xitoy Xalq Respublikasining “China Energy Investment Corporation” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
— Mazkur loyiha aholini hamda iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish maqsadini koʻzlaydi, — deydi tuman hokimi Azamat Fayziyev. — Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 1,7 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu koʻrsatkich 700 ming xonadonning yillik isteʼmoliga teng demakdir. Shuningdek, loyiha hisobiga 515 million kub metr tabiiy gaz tejalib, 714 ming tonna zararli moddalar atmosferaga chiqarilishining oldi olinadi.

Qurilish jarayonida 1 500 nafar mavsumiy ish oʻrni, stansiya toʻliq ishga tushgandan soʻng esa 60 ta doimiy ish oʻrni yaratiladi.
Mazkur “yashil” elektr stansiyasi hududda qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda energiya xavfsizligini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻladi.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring