Nurafshon shahri qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish uchun 4 milliard soʻm ajratiladi
Otabek ISROILOV/ “Xalq soʻzi”. Nurafshon shahri qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish uchun Toshkent viloyati hokimligi zaxira jamgʻarmasi mablagʻidan 4 milliard soʻm ajratildi. Bu boʻyicha viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolangan.
Nurafshon shahrini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jumladan, uning viloyat markazi sifatidagi qiyofasini tom maʼnoda oʻzgartirish hamda qurilish surʼatini oshirish uchun ajratilgan mablagʻning maqsadli va samarali sarflanishi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov tomonidan taʼminlanishi belgilangan.
Mazkur mablagʻ hisobidan shaharda qurilish ishlarini yangi bosqichda davom ettirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, koʻchalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jumladan, gul ekish va sugʻorish tizimini yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring