Nukuslik voleybolchi qizlar Oʻzbekiston super kubogi gʻolibiga aylandi
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 19-20-noyabr kunlari Toshkent viloyati Olmaliq shahrida voleybol boʻyicha xotin-qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston super kubogi boʻlib oʻtdi.
Unda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “NDPI” qizlar terma jamoasi azaliy raqibalari boʻlgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “SKUF” jamoasiga qarshi oʻynadi.
Musobaqaning dastlabki kuni nukuslik qizlar raqibalarini 3:1 hisobida yengib chiqqan boʻlsa, musobaqaning ikkinchi kunida ham “SKUF” jamoasi qizlariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – hisob 3:0.
– Mamlakatimizning boshqa hududlari singari Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham sportni rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash, yosh sportchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda, - deydi Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, sport faxriysi Azat Kazakov. – Koʻrsatilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan sharoitlar, qolaversa, sportchi qizlarning oʻz ustida ishlashlari natijasida yoshlarimiz respublika hamda xalqaro sport musobaqalarida gʻalabalarga erishmoqda.
Shunday qilib, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining “NDPI” jamoasi voleybol boʻyicha bu yilgi Oʻzbekiston super kubogi gʻolibi boʻlib, mutlaq chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot oʻrnida, “NDPI” qizlar terma jamoasi oʻtgan yilgi mavsumda ham Oʻzbekiston chempionati hamda super kubogi musobaqalarida gʻalabani qoʻlga kiritgan edi.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring