Nukusda “Toza shahar” aksiyasi oʻtkazilmoqda
Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida Nukus shahar hokimligi tashabbusi bilan “Toza shahar” aksiyasi boshlandi.
Yurtimiz boʻylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi Oʻzbekiston – yangi ekomakon” shiori asosida oʻtkazilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining jamoasi va talaba-yoshlaridan iborat uch mingga yaqin kishi faol ishtirok etmoqda.

— Ushbu aksiya doirasida hasharlar uyushtirilmoqda, — deydi Nukus Nukus davlat pedagogika institutining matbuot kotibi Islam Matekov. — Ishtirokchilar Nukus shahrining “Boyterak”, “Gone qalʼa”, “Chimboy guzari”, “Yashil bogʻ”, “Koʻk oʻzak”, “Ota makon”, “Omonlik guzari”, “Toshloq”, “Telemarkaz”, “Aqjagʻis”, “Naoʻpir”, “Samanbay”, “Anasay”, “Qoʻshbuloq”, “Yakka terak”, “Juazshi” kabi mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida atrof-muhitni chiqindi va begona oʻtlardan tozalash, ariq-zovurlar boʻylarini, ekin maydonlarini koʻchat ekishga tayyorlash, daraxtlar tagini oqlash singari ishlarni olib bormoqda. Bir soʻz bilan aytganda, “Toza shahar” aksiyasida talaba-yoshlar hududlarni obodonlashtirishga munosib hissa qoʻshmoqda.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari tomonidan aksiya ishtirokchilari boʻlgan yoshlar uchun katta qozonlarda taomlar tayyorlandi, hudud aholisi ham ekologik tadbirda faollik koʻrsatdi.

“Toza shahar” aksiyasi qizgʻin davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring