Nukusda sport kurashlari boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi
17-19-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida sport kurashlari boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. “New Uzbekistan” nomi ostida birinchi bor tashkil etilgan kattalar oʻrtasidagi turnirda mamlakatimizdan tashqari Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus Respublikalaridan tashrif buyurgan polvonlar bahs olib borishdi.
Musobaqa “Sport kurashlarining olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-336-son Qarori asosida tashkil etildi. Unda Olimpiya vazn toifalarida kuchlilar saralab olindi. Kutilganidek, har uch yoʻnalishda 14 ta vazn toifasida oltin medalga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Belarus hamda Qozogʻiston jamoalariga nasib etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring