Nukusda 21 yoshli qiz oʻzini kanalga tashladi. Qiz tanish oʻrtogʻi bilan tortishib qolgan
Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida 26-aprel kuni 21 yoshli qiz oʻzini kanalga tashlagan edi. Mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Qayd qilinishicha, 26-aprel kuni soat 08:30 atrofida Nukus shahar Jiydeli baysin MFYda yashovchi 2000-yilda tugʻilgan fuqaro N.D. oʻz joniga qasd qilish maqsadida Nukus shahridagi Doʻstlik kanaliga oʻzini tashlagan. Shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi qizni qutqarib qolgan.
Xabarga koʻra, N.D.ga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda u oʻz uyida va sogʻligʻi boʻyicha hech qanday shikoyati yoʻq. Oʻz joniga qasd qilish sabablari oʻrganilib chiqilganda qiz hech qanday tazyiq ostida boʻlmaganini, oilasida ham hech qanday janjal yoʻqligini va oʻzining tanish oʻrtogʻi bilan gap tortishib qolganini aytib oʻtgan. U Nukus shahrida oilasi bilan birgalikda yashaydi. 2017-yilda N.D. Nukus shahar IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring