Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul avtobuslar qoʻyiladi

13:36 17 Iyul 2024 Jamiyat
135 0

Urganch xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Uzbekistan Airports Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmatini taqdim etadi.

Bu haqdagi “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yoʻnaltiriladi. “Uzbekistan Airports” yoʻlovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari oʻrtasida bepul transfer xizmatini taqdim etadi. Avtobuslar yoʻlovchilarni joʻnab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.

Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yoʻlovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da yetib kelishlari lozim. Jadvalga koʻra, avtobuslar yoʻlovchilarni Urganch aeroportidan soat 23:30 da olib ketadi. Soat 02:30 da yoʻlovchilar Nukus aeroportiga yetkaziladi va u yerdan Moskvaga uchishadi. Moskvadan qaytgan yoʻlovchilarni Nukusdan Urganchga yetkazish jarayoni ham xuddi shunday tashkil etiladi. Nukus aeroportida chegara nazoratidan oʻtib, yuklarni qabul qilib olgan yoʻlovchilarni Urganchga yoʻl oladigan avtobuslar kutib turadi.

Eslatib oʻtamiz, Urganch xalqaro aeroporti uchish-qoʻnish yoʻlagi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 2024-yilning 20-iyulidan 7-avgustiga qadar yopiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?