Noyob jarrohlik amaliyoti onlayn kuzatib borildi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoroda yashovchi 41 yoshli bemor taom, suv isteʼmolida qiynalishi, koʻngli aynishi, oqibatda ozib ketayotgani vajidan qator shifoxonalarda davolandi. Ammo muolajalarning nafi tegmadi. Yaqinlari uni umid bilan respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga olib kelishdi.
— Tahlillar koʻrsatdiki, bemor kardial axalaziyasining ikkinchi darajasi bilan ogʻrigan, — deydi filial bosh endoskopist mutaxassisi A. Haydarov. — Hamkasblarimiz bilan birgalikda bu bemorda kam invaziv murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Eʼtiborlisi, bu noyob jarrohlik amaliyotini Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasining yetakchi klinikalari professorlari hamda akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi va RSHTYOIM shifokorlari “telemeditsina” ijtimoiy tarmogʻi orqali onlayn kuzatib bordi. Jarayon xalqaro hamkorlik mahsuli boʻlgan kam invaziv endoskopik amaliyotlarni amalda qoʻllash tajribasi Buxoroda yaxshi oʻzlashtirilayotganini koʻrsatdi. Muhimi, bemorning umumiy ahvoli qoniqarli. Doktorlarda endilikda bu ogʻir xastalik u uchun oʻtmishda qoldi, degan ishonch bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring