“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida” Qonun qabul qilindi

18:55 27 Noyabr 2021 Siyosat
774 0

26-noyabr kuni “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga koʻra, noshirlik faoliyati subyektlari oʻz faoliyatida mustaqildir.

Nashrga tayyorlangan qoʻlyozmalarni va materiallarni senzuradan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, mazmuniga koʻra ularning shaxsiy hayotiga aralashuv deb qaralishi mumkin boʻlgan nashrlarni hamda noshirlik mahsulotini chiqarish va tarqatish taqiqlanadi.

Noshirlik faoliyati sohasi Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tartibga solinadi.

Qonunga koʻra, noshirlik faoliyatining subyektlari quyidagilardan iborat:

1. Nashriyot;

2. Tayyorlovchi;

3. Buyurtmachi;

4. Tarqatuvchi.

Noshirlik faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish talab etilmaydi:

– davlat organlari, markaziy muassasalar, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamlarini nashr etishda;

– respublika ahamiyatiga ega nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar tomonidan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan, ommaviy ravishda tarqatish yoki qoʻlyozma huquqi asosida koʻpaytirish uchun moʻljallanmagan materiallarni nashr etishda;

– ommaviy axborot vositalari ushbu OAV tahririyatlari tomonidan chop etilganda.

Noshirlik mahsulotlari tarqatuvchi tomonidan shartnomalar asosida tarqatiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?