Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi qonun bilan tartibga solinmoqda
Foto: «Xalq so‘zi»
Senatning qirq ikkinchi majlisida “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida"gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Takidlanishicha, bugungi kunga qadar normativ-huquqiy hujjatlarni va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish qonun bilan emas, balki Adliya vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida tartibga solingan. Bu esa, qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy bo‘shliqlarning yuzaga kelishiga zamin yaratmoqda.

Mazkur Qonun sohadagi muammolarni bartaraf etish va uni tartibga soluvchi yagona qonun sifatida ishlab chiqilgan. Qonun bilan normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari belgilanmoqda.
Endilikda korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazish nafaqat Adliya vazirligi tomonidan, balki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, yuridik xizmat xodimlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalariga normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish huquqi berilmoqda.
E'tiborli jihati jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan taklif va tavsiyalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ravishda ko‘rib chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazishga oid faoliyatni uslubiy jihatdan ta'minlash hamda monitoring qilish Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

Senatorlar ushbu Qonun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga, shuningdek, amaldagi hamda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar sifatining oshishiga xizmat qilishini takidladilar.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring