Noreal qarzdorlik qachongacha davom etadi?
Andijon shahar Navoiy shoh ko‘chasida yashovchi fuqaro R. Xo‘jamberdiyev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni muntazam amalga oshirib kelayotgan bo‘lsa-da, elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 3 200 000 so‘m qarzdorlik hisoblashganini aytib murojaat qildi.
Xo‘sh, bu holatda kim haq? Iste’molchimi yoki...
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida ma’lum qilishlaricha, mazkur holat Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Ya’ni murojaatchining abonent kartasi harakat jadvaliga solishtirildi. Natijada hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha 2018 yilning fevral oyiga qadar iste’molchi 600 000 so‘m haqdor bo‘lib chiqdi.
Aniqlanishicha, nazoratchilar tomonidan 2017 yilda ko‘rsatgichlarni kiritish vaqtida xatolikka yo‘l qo‘yilgani sababli ortiqcha 3 200 000 so‘m noreal qarzdorlik kelib chiqqan.
Shundan so‘ng shahar majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan ushbu xonadonning noreal qarzdorligini aniqlash maqsadida qayta xatlov o‘tkazildi. Unga ko‘ra, fuqaro R. Xo‘jamberdiyev xonadonidagi hisoblagich uskunasi ko‘rsatgichi bo‘yicha 600 000 so‘m haqdorligi aniqlanib, iste’molchi foydasiga xal qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring