Noqulay havo tufayli “Uzbekistan Airways”ning bir qator reyslari muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi

09:35 08 Yanvar 2026 Jamiyat
151 0

Noqulay havo sabab “Uzbekistan Airways”ning bir qator reyslari muqobil aerodromga qoʻnishga majbur boʻldi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Unda aytilishicha, Qarshi aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva — Qarshi yoʻnalishidagi HY9624 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qilgan.

Shu kabi yana bir holat, Toshkent — Urganch yoʻnalishidagi reys bilan ham kuzatilgan.

Unga koʻra, Urganch aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent — Urganch yoʻnalishidagi HY51 reysi ekipaji Nukusdagi muqobil aerodromga yoʻl olishiga toʻgʻri kelgan.

Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoiti tufayli quyidagi reyslar ham muqobil aerodromlarga yoʻnaltirilgan:

  • “Fly Khiva” aviakompaniyasining Madinadan Qarshiga uchgan 2U7623 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi;
  • “Centrum Air” aviakompaniyasining Jiddadan Buxoroga uchgan C63316 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi;
  • “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Qozondan Fargʻonaga uchgan HY9652 reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi;
  • “Ural Airlines” aviakompaniyasining Moskvadan Qarshiga uchgan U62457 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi;
  • “Fly One” aviakompaniyasining Jiddadan Fargʻonaga uchgan 7Q2242 reysi Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?