Noqonuniy qurilishlar soʻnggi pushaymonlikka boshlamasin
Samarqand tumanidagi bir nechta mahallalarda qurilgan qurilishlarning noqonuniyligi, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar tuman hokimligi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oʻrganildi. Xususan, tumandagi Nayzateppa mahallasida ana shunday holatlar aniqlandi. Bu borada Fuqarolik ishlari boʻyicha Tayloq tumanlararo sudiga daʼvo arizalari kiritildi. Aniqlangan obyektlarning buzilishi boʻyicha sud qarori qabul qilinib, Majburiy ijro byurosi tuman boʻlimi tomonidan buzdirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, “Nayzatepa” mahallasi hududida “Gulobod agrotexservis” agrofirmasi yerdan foydalanish xaritasida koʻrsatilgan 251-raqamli dala konturida noqonuniy ravishda qurilgan devor va 216 kvadrat metrdan iborat uy-joy javobgar hisobidan buzdirildi. Buzdirilgan yer maydoni “Quddusov Mahmud bogʻlari” fermer xoʻjaligiga qaytarildi.
Bu kabi misollarni koʻplab keltirish mumkin. Shu oʻrinda bir mulohaza. Bu noqonuniy qurilishlarning sababi chuqur ildiz otgan. Uni bartaraf etish ancha vaqt, xarajat, harakat talab etadi. Ammo, bundan keyin ham ayrim qonunchilikni yaxshi bilmaydigan yoki bilsa ham oʻz manfaati yoʻlida adashadigan ayrim fuqarolar topilmaydi, deb kim kafolat bera oladi?
Bunday holatlarning davom etishiga yoʻl quymaslik uchun davlat idoralari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, vakolatli organlar beparvo boʻlmasligi lozim. Fuqarolar ham uy-joyga ega boʻlish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud boʻlganda, ongli ravishda yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishdan oʻzlarini tiyishi lozim. Shundagina tortishuvlar, koʻz yosh toʻkilishini oldini olish mumkin.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring