Nogironligi boʻlgan shaxslarga inklyuziv sharoitlar yaratiladi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, temir yoʻl va jamoat transportlari, aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda ularga egalik qiladigan tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus koʻtarilish panduslari va qulay zina tutqichlari oʻrnatilishi belgilangan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining Ijtimoiy inspeksiyasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nogironlar jamiyatining hududiy boʻlimi vakillari Termiz xalqaro aeroportida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun yaratilgan zarur sharoitlar oʻrganildi.

Aniqlangan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit va toʻsiqsiz sharoit yaratilishi yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring