Nogironligi boʻlgan shaxslar tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi
Registon maydoni yonidagi Toshkent koʻchasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Oʻzbekiston nogironlari jamiyati Samarqand viloyati boʻlimi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi oʻtkazildi.
“Biz birgamiz!” shiori ostida tashkil etilgan yarmarkada viloyatning 16 ta tuman (shahar) hududlaridan kelgan 36 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar oʻz uyida tayyorlangan va yasalgan turli xildagi buyumlar bilan qatnashdi.

Bunday yarmarkalarni tez-tez tashkil etishdan koʻzlangan maqsad nogironligi boʻlgan shaxslar oʻz mahsulotlarini realizatsiya qilish va sotishda duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.
Yarmarkada keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramasdan, hunarmandlarning qoʻl mehnati mahsuli boʻlgan nafis buyumlarni katta qiziqish va havas bilan xarid qilishdi, shu orqali ularni qoʻllab-quvvatlashdi.
“Biz birgamiz!” shiori ostida oʻtkazilgan yarmarka nogironligi boʻlgan fuqarolarning mahsulotlar bilan yaqindan tanishish va jamiyatimizda inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring