Nogironligi boʻlgan bolalarga nafaqa murojaat qilinganligidan qatʼiy nazar tayinlanadi
Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023-y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlandi.
Nizom bilan quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash tartiblari belgilandi:
— nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga;
— oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga;
— davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
— davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan vafot etgan shaxsning qaramogʻidagi oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolariga;
— davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaxslar hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga.
Shunga koʻra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:
— nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
— parvarishlash nafaqasi;
— nogironlik nafaqasi;
— boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
— yoshga doir nafaqa.
Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
DXM maʼlumot olingandan soʻng 5 daqiqa ichida:
— nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga koʻra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan bank filiali orqali toʻlanadi.
Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy toʻlov oyidan kechikmay toʻlanadi.
Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda, nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa toʻlash avvalgi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring