Nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston prezidentining yangi qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-martdan boshlab nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Dastlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida yoʻlga qoʻyiladigan tizim 2025-yilning 1-oktyabrigacha respublikaning barcha hududlarida amalga oshiriladi. Xizmat davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi va 3-yoshdan 18-yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan.
Nogironligi boʻlgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ota-onalar va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari oʻrtasida tuziladigan shartnoma hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida qabul qilinadi.
Shu yoʻnalishda xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlarni qoʻllash maqsadida 3-yoshdan 7-yoshgacha boʻlgan har bir bola uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanilgan bir kunga bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi, 7-yoshdan 18-yoshgacha boʻlgan bolalar uchun esa 27 foiz subsidiya ajratiladi. Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida subsidiya 1,1 koeffitsiyent bilan koʻpaytiriladi.
Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning nogironligi boʻlgan har bir bolasi uchun yuqorida koʻrsatilgan subsidiya umumiy miqdorining 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ toʻlab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring