Nogiron qarindoshi uchun Messidan dastxat soʻragan hakam jazolandi
Meksikalik futbol hakami Marko Antonio Ortis Navu KONKAKAF chempionlar kubogi doirasidagi bahsda argentinalik hujumchi Lionel Messidan dastxat soʻragani uchun olti oy muddatga turnirdagi oʻyinlarni boshqarish huquqidan mahrum etildi. Bu haqida “ESPN” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Inter Mayami” klubi KONKAKAF chempionlar kubogi 1-raundi doirasidagi oʻyinda “Kanzas Siti” uyiga safar qilib, 0:1 hisobida gʻalabaga erishgan.
Oʻyindan soʻng, uchrashuv bosh hakami Marko Antonio imkoniyati cheklangan qarindoshining iltimosiga koʻra “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messidan dastxat hamda libosini soʻradi.
Mazkur holat turnir tashkilotchilari tomonidan nazoratga olinib, hakamning harakatiga huquqiy baho berish uchun tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
“Tekshiruvlar davomida hakam imkoniyati cheklangan oila aʼzosi uchun dastxat soʻragani aniqlandi. Uchrashuv bosh hakamining bunday harakati konfederatsiya oʻyinlaridagi odob-axloq kodeksiga toʻgʻri kelmaydi”, — deyiladi tashkilot hisobotida.
Tergov soʻnggida bosh hakam aybdor deb topilib, KONKAKAF turnirlaridagi ishidan 6 oy muddatga chetlatilgan. Ushbu qoidabuzarlik qayta takrorlansa, hakam uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Shuningdek, Marko Antonio Ortis Navu bu harakatining xato ekanligini tan olib, toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan holda turnir protokolni buzgani uchun keng jamoatchilikdan uzr soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring