Nodirbek Yaqubboyev va Shamsiddin Vohidov “Uzchess Cup” super-turnirining gʻolibi boʻldi — Fotoreportaj
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Shu yilning 5-14-iyun kunlari poytaxtimizda mukofot jamgʻarmasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Uzchess Cup” super-turniri oʻtkazildi.
Unda Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboyev, Vidit Santosh Gujrathi (Hindiston), Parham Maqsudlu (Eron) Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon), Aleksandr Grishuk (FIDE), Yuy Yani (Xitoy), Richard Rapport (Ruminiya) va Aleksey Sarana (Serbiya) kabi kuchli grossmeysterlar sovrinli oʻrinlar uchun bellashdi.

“Masters”, “Challengers” va “Futures” guruhlarida oʻtkazilgan bahslar yakunida oʻzbekistonlik shaxmatchilar ham yuksak iqtidor sohiblari ekanliklarini namoyon etishdi.
Jumladan, eng kuchli shaxmatchilar jamlangan “Masters” guruhida hamyurtimiz Nodirbek Yaqubboyev chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ochkolar teng boʻlishiga qaramay, qoʻshimcha natijalarga koʻra u Abdusattorov Nodirbekni ortda qoldirdi. Uchinchi oʻrin esa xitoylik Yu Yaniga nasib etdi.

Shu tariqa, Nodirbek Yoqubboyev 25 ming AQSH dollari, Nodirbek Abdusattorov 20 ming, Yu Yani esa 15 ming ishlab oldi.
“Challengers” guruhida ham chempionlik Oʻzbekiston vakiliga nasib etdi. Hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov barcha raqiblaridan koʻp ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.

“Futures” guruhida Saidakbar Saydaliyev va Muhammadzohid Suyarov 5.5 ochko bilan 3-4-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.
Ushbu shuruhda Sivuk Vitaliy birinchi, Daneshvar Bardiya ikkinchi oʻrindan joy oldi.
Yoshlar ishlari agentligida “Uzchess Cup” turnirining tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi.










Fazliddin ABILOV, (“Xalq soʻzi”)
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring