Nodirbek Abdusattorov 200 millionga yaqin pul ishlab oldi. U qaysi turnirda ishtirok etgan edi
Foto: UzChess
Ruminiyaning Buxarest shahridagi “Grand Hotel Bucharest” mehmonxonasida yilning eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri boʻlib oʻtdi. Ushbu turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.
Dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini oʻzida jamlagan turnir “Superbet Chess Classic 2024” deb nomlanadi va u “Grand Chess Tour”ning bir qismi hisoblanadi. Mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollar boʻlgan musobaqa 26-iyundan 5-iyulgacha davom etdi. Musobaqa aylanma formatda, klassik vaqt nazoratida tashkil qilinadi.
Afsuski, hamyurtimiz turnirda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. Nodirbek 9 imkoniyatda 4 ochko toʻplagan holda amerikalik shaxmatchi Uesli So bilan 8-oʻrinni egalladi. Shu tariqa, u turnirdan 14 ming 500 AQSH dollari miqdorida pul ishlab oldi.

“Superbet Chess Classic 2024”da esa dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Fabiano Karuana gʻolib boʻldi. Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni esa Alireza Firudja, hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa va Gukesh Dommarajular egallashdi.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov 100 ming AQSH dollari ishlab olishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring