Nodavlat oliygohlar ikki xil namunadagi diplom berishi mumkin
Nodavlat oliygohlar tomonidan ikki xil namunadagi diplomlar beriladi. Bu haqda Nodavlat taʼlim muassasalari kanalida xabar berildi.
Hujjatlar quyidagicha:
Davlat namunasidagi diplom – nodavlat oliygohlarda davlat standartiga javob beradigan oʻquv dasturidan foydalanilganda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Yaʼni, bunda oʻquv dasturi davlat tizimida boʻlsa, nodavlat oliy taʼlim muassasasining diplomi davlat oliygohlari tomonidan beriladigan diplom bilan bir xil boʻladi.
Ixtiyoriy namunadagi diplom – nodavlat oliygohi oʻzi ishlab chiqqan oʻquv dasturi standarti asosida oʻqitayotgan boʻlsa mazkur turdagi hujjat berilishi mumkin.
Bunda talabaning mutaxassislik boʻyicha taʼlim dasturini toʻla oʻzlashtirishini kafolatlovchi hujjatlar mavjudligi inobatga olinadi.
Yaʼni, nodavlat OTMdagi taʼlim dasturi xorijiy yoki oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan va u davlat dasturiga asoslanmagan boʻlsa, unda nodavlat oliygohlar oʻzlari istagan usulda diplom berishi mumkin. Beriladigan diplom namunasi (shakli) oliygoh tomonidan mustaqil yaratiladi.
Biroq, hujjatlarning davlat hududida “ishlash”ida farq boʻlmaydi.
Qayd etilishicha, ikkala diplom ham “Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun”ning 31-moddasiga binoan bir xil, yaʼni teng kuchga ega hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring