Nobel mukofoti fiziologiya va tibbiyot boʻyicha immun tolerantlik sohasidagi kashfiyotlar uchun topshirildi
Fiziologiya va tibbiyot sohasidagi Nobel mukofoti bu yil Meri E. Brunkou, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga berildi. Bu haqda Nobel qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Mukofot olimlarning periferik immun tolerantlik sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdim etildi.
Laureatlar inson immun tizimining oʻz organizmini zarardan himoya qilish va uning toʻgʻri ishlashini taʼminlash mexanizmlarini oʻrgangan. Tadqiqotda taʼkidlanishicha, kuchli immun tizim ham nazoratda boʻlmasa, oʻz aʼzolarga hujum qilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti Viktor Embros va Geri Ravkanga mikroRNKni kashf etish va uning gen ekspressiyasini post-transkripsion tartibga solishdagi rolini oʻrgangani uchun berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring