Nima uchun oʻzini-oʻzi band qilgan kasblar roʻyxatiga taksichilar kiritilmayapti?

Nima uchun oʻzini-oʻzi band qilgan kasblar roʻyxatiga kirakashlar (taksichilar) kiritilmayapti? Ushbu savolga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov javob berdi.
«Prezidentimiz qarori bor, taksichilar yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan va har kunlik tibbiy va texnik koʻrikdan oʻtishi lozim. Bu boʻyicha ish olib boryapmiz. Lekin texnik nuqtayi nazardan juda qiyin boʻlyapti. Chunki davlat ruxsat bergandan keyin kafolatlangan boʻlishi kerak.
Shuningdek, taksichilarga qoʻyiladigan ayrim talablar bor. Masalan, albatta, agregatlarga ulangan boʻlishi lozim. Yaʼni, siz kim bilan ketayotganingizni bilishingiz kerak. Qolaversa, muayyan vaqtda texnik va tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim.
Bir-ikki oy ichida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritamiz. Sababi bir tomonda, oʻz-oʻzini band qilgan kirakashlar manfaati turgan boʻlsa, ikkinchi tomonda jamoatchilik manfaati turibdi», dedi Norqulov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring