Nigerda suv toshqini oqibatida 40 dan ortiq odam halok boʻldi
Foto: Al Jazeera
Nigerda kuchli yomgʻirlar oqibatida sodir boʻlgan suv toshqini 47 nafar insonning hayotiga zomin boʻldi, 56,7 mingdan ziyod fuqaro jabrlandi. Bu haqda Journal du Niger nashri xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, choʻl va quruq iqlimga ega mamlakatda bir necha haftalardan buyon toʻxtovsiz yomgʻir yogʻib, yirik gumanitar inqirozga sabab boʻlgan.
Niger daryosining suv sathi keskin koʻtarilib, koʻplab hududlarda toshib ketgan.
Ofat 339 ta aholi yashash punktiga taʼsir koʻrsatgan. Meteorologlarning maʼlumoticha, yaqin kunlarda ob-havo yaxshilanishi kutilmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring