Niderlandiyada Yangi yildagi tartibsizlikdan soʻng mushakbozlik taʼqiqlanishi mumkin
Irlandiyadan keyin Niderlandiyada ham oddiy isteʼmolchilar uchun moʻljallangan pirotexnika vositalarini (feyerverklar — bayram mushaklari) taqiqlanishi kutilmoqda, shu bilan birga boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham cheklovlar muhokama qilinmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Amsterdamdagi tez yordam shifokori va Niderlandiya shoshilinch tibbiy yordam shifokorlari jamiyati rahbari Yara Basta-Bos soʻzlariga koʻra, soʻnggi bayram kunlari davomida 1200 nafardan ortiq kishi jarohat olgan, ularning uchdan biri shifoxonaga yotqizilgan, shuningdek, ikki kishi halok boʻlgan. Uning taʼkidlashicha, bayram mushaklari keltirayotgan zarar hozirgi paytda “ishonib boʻlmas darajaga yetgan”.
Soʻnggi yillarda bayram mushaklari oqibatida ogʻir tibbiy holatlar koʻpaygan. Bir necha yil avval Amsterdamda shifokorlar portlash natijasida koʻzini yoʻqotgan bemorga yordam koʻrsatishga majbur boʻlgan. Shu sababli Niderlandiya hukumati 2026-yil oxirigacha maishiy feyerverklarni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Agar qaror amalga kirsa, Niderlandiya Irlandiyadan keyin Yevropada bunday cheklov joriy etgan ikkinchi davlatga aylanadi.
Maʼlumotlarga koʻra, Niderlandiyada oʻtgan Yangi yil kechasida oʻt oʻchiruvchilar 4286 ta yongʻin holati boʻyicha chaqiruv qabul qilgan. Ayrim hududlarda politsiya “misli koʻrilmagan zoʻravonlik”ni qayd etgan, hatto Amsterdamdagi XIX asrga mansub cherkov yongʻinida butunlay yonib ketgan. Oʻt oʻchiruvchilar feyerverklar bilan hujumga uchragan, ularni himoya qilish uchun tartibsizliklarga qarshi politsiya jalb etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- “Oʻzbekiston –2030” strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring