Netanyahu “Hizbulloh” bilan paydo boʻladigan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga roziligini bildirdi
Foto: AFP
Isroil vazirlar mahkamasi seshanba kuni Livanda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv boʻyicha ovoz beradi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu idorasiga tayanib “CNN” nashri xabar bermoqda.
Netanyahu yakshanbaga oʻtar kechasi Isroil rasmiylari bilan xavfsizlik boʻyicha maslahatlashuvlar chogʻida “Hizbulloh” bilan paydo boʻladigan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga roziligini bildirgan.
Muzokaralardan xabardor manbalar kelishuv oldinga ildamlayotgani ammo bir vaqtda oʻzaro oʻq otishlar kelishuvni puchga chiqarishi mumkinligidan xavotirini bildirishgan. Shuningdek, dushanba kuni kechqurun muzokaralar bilan tanish boʻlgan Livan rasmiysi oʻt ochishni toʻxtatish 24 soat ichida eʼlon qilinishiga urgʻu bergan.
Kelishuv yaqinlashayotgani haqidagi xabarlar Isroilda turlicha qabul qilinmoqda. Mamlakatning oʻta oʻngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelishuvni “katta xato” deb atadi va bu “Hizbulloh”ni yoʻq qilish uchun qoʻldan boy berilgan tarixiy imkoniyat boʻlishini eslatgan. Ben-Gvir uzoq vaqtdan beri Gʻazoda Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha potensial kelishuvlarga barham berish uchun harakat qiladi. Netanyahuning Gʻazodagi urushini boshqargan, iyun oyida Isroilning urush kabinetidan isteʼfoga chiqqan Beni Gans bosh vazirni sulh bitimi tafsilotlarini oshkora qilishga chaqirdi. “Buni bilish shimol aholisi, harbiylar va Isroil fuqarolarining huquqidir”, — deydi Gans. Shimoliy Isroil aholisining koʻpi mojaro tufayli koʻchirilgan, chegaraga yaqin Livan janubi aholisi ham potensial kelishuvdan xavotirda.
Isroillik aholi ushbu maʼsuliyatsiz kelishuvni 2006-yilgi urushni tugatish uchun imzolangan shartnomaning davomi deb bilishadi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari elchisi Amos Xochshteyn, Livan Bosh vaziri Najib Mikati va muzokaralarda “Hizbulloh” bilan suhbatlashgan parlament spikeri Nabih Berri kelishuv imzolanishining ayni vaqti deb bilishadi.
AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taklif harbiy harakatlarni 60 kunga toʻxtatishga erishishga qaratilgan boʻlib, baʼzi umidlar uzoq muddatli oʻt ochishni toʻxtatishga asos boʻlishi mumkin.
Dushanba kuni kechqurun Oq uy milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbi Xochshteynning muzokaralari konstruktiv boʻlganini ochiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring