Neylon matoli qoʻlqop ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi
Buxoro viloyatidagi Romitan innovatsion hududida “Revmo Gloves” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Artrit bilan kasallangan bemorlarni ultratovush orqali davolash uchun neylon matoli qoʻlqop ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshirildi. U Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirildi.
Shifokorlar boʻgʻimlarning yalligʻlanishi bilan kechadigan holatni umumiy nom bilan artrit deb atashadi. Bu xastalik odatda, boʻgʻimlardagi harakatni chegaralab qoʻyadi.Ogʻriq ham beradi. Korxona mahsulotiga kelsak, uning vositasida artrit bilan kasallangan bemorlarni ultratovush orqali davolash mumkin. Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, qoʻlqop uchun tanlangan neylon matosi havo oʻtkazuvchi, issiqlikni saqlovchi elastik xususiyatga ega. U bemorda qon aylanishini yaxshilaydi. Qizarish, shish, ogʻriq kabi patologik jarayonlarni davolashda asqatadi.Bunday noxush hollarning oldini olishda ham qoʻl keladi.Korxonada yiliga 50 ming juft shunday qoʻlqop tayyorlash quvvati yaratilgan. Ayni paytda “Revmo Gloves” mahsuloti dorixonalar orqali sotilmoqda.Tez orada uni shifoxonalarga ham yetkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan hayotga tadbiq etildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring