Neft va gaz sohasida klaster tashkil qilindi
Foto: Illustrativ foto
“Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–309-son, 07.07.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.
Neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini taʼminlash taʼlim klasterining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
Taʼlim klasteri doirasida:
maktab oʻquvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yoʻnaltirish maqsadida:
— aniq va tabiiy fanlar boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv rejasi joriy qilinadi;
— ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab oʻquvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;
professional va oliy taʼlim tashkilotlarining oʻquv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yoʻnalishida:
— fan va mavzular amaliyotga yoʻnaltiriladi;
— talabalarda mustaqil taʼlim olish koʻnikmalari shakllantiriladi;
— xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.
2022/2023 oʻquv yilidan Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi:
— professional va oliy taʼlim tashkilotlarida neft va gaz sohasi boʻyicha tahsil olayotgan iqtidorli oʻquvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi;
— ishlab chiqarish korxonalarining kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini “Oʻzbekneftgaz” AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik oʻzi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida maqsadli oʻqitish tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring