“Navoiydan 100 sadaf” mobil ilovasi yaratildi
Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan “Navoiydan 100 sadaf” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Uning muallifi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi Nurillo Tuxtasinov, Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati xodimi Ufora Habibullayeva va Toshkentdagi Amiti universiteti talabasi Sardorbek Talʼatovdir.
Qayd etilishicha, mobil ilovada Hazrat Navoiyning 80 ta sara gʻazali va 20 ta goʻzal ruboiysi ham matn, ham audio shaklda oʻrin olgan. Gʻazal va ruboiylar aruz vaznida bitilgani inobatga olinsa, ularning audio shaklda ham joylanganligi foydalanuvchiga gʻazal va ruboiylarni toʻgʻri oʻqish koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ilovada qoʻshimcha ravishda gʻazallar bandlari ishtirokida interaktiv oʻyin ham berilgan. Bu foydalanuvchi uchun qiziqarli boʻlish bilan birga, gʻazallarni qay darajada yodlab olganini bilib olish imkonini beradi.
Hozirgi kunda, mobil ilova tarkibiga Navoiy hayoti va ijodi bilan bogʻliq qiziqarli test boʻlimini qoʻshish ishlari yakunlangan.
Shu bilan bir qatorda, mobil ilova interaktivligini oshirish uchun Navoiyning «Lison-ut-tayr» asari asosida oʻziga xos pazlli oʻyin qoʻshish ishlari olib borilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ilova tez kunda “App Story” va “Play Market” platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olish imkoniyati boʻladi.
Dastur mualliflarining aytishicha, “Navoiydan 100 sadaf” ilovasi yoshlarimizni Navoiy hayoti va ijodiga doir savodxonligini oshirishda innovatsion yechimlardan biri boʻlishi aniq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring